«Boduo» dan ichimliklaringiz uchun sifatli mahsulotlar
Ichimliklar tayyorlash uchun choy, tapioka, xushbo‘y siroplar, sharbatli sharchalar (Juice balls) va boshqa komponentlarni Xitoydagi eng yirik zavoddan to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyurtma qiling.
Saytimizda siroplar, toppinglar, choy va qahva uchun quruq aralashmalar hamda 23 yillik tajribaga ega ishlab chiqaruvchining uskunalarining keng tanlovi taqdim etilgan.
Yetkazib beruvchini va saqlash joyini uzoq izlash haqida unuting. Endi ichimliklar uchun hamyonbop narxlardagi sifatli masalliqar yetkazib berishga doimo tayyor.
Boduo kompaniyasining rasmiy distribyutorlari sifatida biz eng qulay xarid shartlarini taklif etamiz.
Keng assortiment
Qulay yechim
Hamyonbop narxlar
Xitoyning yuragidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkaziladigan «Boduo» mahsulotlari an’ana va innovatsiyalarni uyg‘unlashtirgan holda ichimliklar uchun keng turdagi mahsulotlarni taklif etadi, jumladan choy, tapioka, meva-rezavorli jemlar, tabiiy siroplar, mevali choylar, quruq qaymoq va noyob sharbatli sharchalar (Juice balls).
Biznesingizning rivoji va muvaffaqiyati — «Boduo»ning asosiy maqsadi.
«Boduo» mahsulotlarining yuqori sifati
Shu yillar davomida biz ichimliklar uchun masalliqlar yaratishda mukammallikka erishdik va yuqori sifat standartlarini belgiladik.
«Boduo» kompaniyasi mahsulotlariga butun dunyo bo‘ylab talab yuqori.
Zavodlarimiz sifat va innovatsiyaning etaloni hisoblanadi. Asosiy korxonamiz Xitoyda joylashgan.
Mahsulotlarimiz — bu eksklyuzivlik va hamyonbop narx uyg‘unligidir. «Boduo» bilan savdo samaradorligi va daromadingiz yanada oshadi.
Endi boshqa davlatlardan katta hajmda buyurtma berish va saqlash uchun ortiqcha xarajat qilish shart emas. Barcha zarur masalliqlar sizga zarur vaqtda va kerakli hajmda Toshkentdagi omborimizdan yetkazib beriladi.
Ichimliklar sifatining oshishi ijobiy fikrlar sonining ko‘payishi va mijozlar sodiqligining ortishini ta’minlaydi.
Uzoq yetkazib berish muddatlari va zaxiralarni hisoblash bilan bog‘liq murakkab jarayonlar haqida unuting. Ichimliklaringiz uchun barcha zarur masalliqlar — doimo yoningizda.
Zarur masalliqlarni to‘xtovsiz va o‘z vaqtida yetkazib berilishi sizga xomashyo izlash va buyurtma qilish tashvishlariga chalg‘imasdan, bor e’tiboringizni biznesga qaratish imkonini beradi.
Mahsulotlarimizning xilma-xilligi menyuingizni original ichimliklar bilan boyitish va raqobatchilar orasida ajralib turishga yordam beradi.
Foydani oshirish
Xarajatlarni kamaytirish
Obro‘ni yaxshilash
Xaridlarni optimallashtirish
Uzluksiz yetkazib berish
Assortimentni kengaytirish
To‘lov va yetkazib berish shartlari
Toshkent shahri bo‘ylab 200,000 so‘mdan ortiq buyurtmalar bepul yetkazib beriladi. Buyurtma to‘lov amalga oshgan kunning ertasiga yetkazib beriladi. Kuryerning yo‘lga chiqish vaqti: 10:30–11:00
Agar buyurtma tez kerak bo‘lsa, uni o‘zingiz olib ketishingiz yoki Yandex’ning yetkazib berish xizmatidan foydalanishingiz mumkin.
Biz to‘lovni pul o‘tkazish yoki Click va Uzum Bank QR-kodlari orqali qabul qilamiz. Naqd pul bilan ishlamaymiz.
Yetkazib berish
To‘lov
Sifat va xavfsizlikni tasdiqlovchi sertifikatlar
Tez-tez beriladigan savollar
Biz mijozlarimiz orasida eng yuqori talabga ega mahsulotlarning sotuvda mavjudligini doimo ta’minlaymiz.
Saytda ko‘rsatilgan narxlar minimal xarid hajmiga mos ravishda tuzilgan. Iltimos, bizdan prays-listni so‘rang va biz sizning biznesingiz ehtiyojlariga mos narxlarni tuzib chiqamiz.
Yetkazib berish qisqa muddatlarda amalga oshiriladi. Biz hamkorlarimiz ishonchini qadrlaymiz va xomashyoni o‘z vaqtida yetkazib berish muhimligini tushunamiz.
Ha albatta, siz bizda mavjud bo‘lmagan mahsulotni buyurtma qilishingiz mumkin, ammo minimal buyurtma hajmini hisobga oling, chunki biz to‘g‘ridan-to‘g‘ri Xitoydagi korxona bilan ishlaymiz.
Taxminiy yetkazib berish muddati: 25−30 kun.
Ha, biz butun O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beramiz. Yetkazib berish usuli omborimizdan manzilgacha bo‘lgan masofaga qarab belgilanadi. E’tibor bering, masofasi uzoq hududlarga yetkazishda minimal buyurtma hajmi siyosati qo‘llaniladi.
Biz mahsulotlarimizning yuqori sifatini kafolatlaymiz va mijoz talabiga binoan barcha tegishli sertifikatlarni taqdim etishga tayyormiz.
Biznesingiz uchun foydali taklifga ega bo‘ling
Telefon raqamingizni yozib qoldiring, biz siz bilan bog‘lanamiz, to‘liq prays-listni taqdim etamiz va ehtiyojlaringizga mos ravishda eng arzon narxlarni taklif qilamiz